О компании Europol

Biz haqimizda

Europol — 2007 yildan beri pol qoplamalari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis kompaniya.
Biz parket, laminat, SPC, kovrolin va plintus yo‘nalishlarida rasmiy Yevropa brendlari bilan hamkorlik qilamiz va hamyonbop variantlardan tortib premium darajadagi yechimlargacha taklif qilamiz.

Europol — O‘zbekistondagi kam sonli kompaniyalardan biri bo‘lib, mijozlarga to‘liq xizmatlar kompleksini taqdim etadi:

  • Interyer va byudjetga mos pol qoplamasini tanlash
  • Mutaxassisdan bepul konsultatsiya
  • Namunalar bilan manzilga chiqish xizmati
  • Professional yotqizish (montaj) ishlari
  • Material va montaj uchun kafolat

Europol asoschisi bilan yaqindan tanishing

Alisher Avazov — amaliyotchi tadbirkor bo‘lib, yillar davomida bir nechta muvaffaqiyatli kompaniyalarni tashkil qilgan. Ular orasida Europol, Nefrit-Suv va qurilish materiallari onlayn do‘koni Alibazar.uz ham bor.

Uning biznesdagi yo‘li yangi faoliyat yo‘nalishi — mentorlik uchun asos bo‘ldi. Bugungi kunda u treninglar o‘tkazadi, real biznes holatlarini tahlil qiladi, tadbirkorlarga tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish va jamoalarni samarali boshqarishda yordam beradi.

U o‘zining Telegram, YouTube va Instagram sahifalarida tajribasi, biznes tahlillari va shaxsiy fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.

Uning biznes platformalaridagi, jumladan Business Holistic 2025 tadbiridagi chiqishlari uni O‘zbekiston tadbirkorlik muhitida taniqli shaxsga aylantirdi.

Основатель Europol

Kompaniya tarixi

2025
2007

2007 год

Europol tashkil topgan yili

2010
Дизайнерская услуга

Europol’dan dizaynerlik xizmati

Interyer dizaynerimiz Albert ushbu sohada 15 yillik tajribaga ega bo‘lib, sizning obyektlaringizga (kvartira, hovli, tijorat binosi) mutlaqo BEPUL tashrif buyuradi. U xonaning uslubi, yoritilishi va sizning istaklaringizni o‘rganadi.

Shuningdek, Europol’dan tanlagan pol qoplamalari namunalarini o‘zi bilan olib borishi mumkin. Shunda siz qoplamalar aynan sizning interyeringizda qanday ko‘rinishini joyida ko‘rib baholashingiz mumkin.

Shu asosida interyeringiz xarakterini ochib beradigan rang, tekstura va dizayn bo‘yicha eng maqbul pol qoplamasi kombinatsiyasi tanlab beriladi.

U polingizning stajkasi (asos tayyorlash ishlari) holatini ham baholaydi, ishlar qanchalik to‘g‘ri bajarilganini tekshiradi va optimal yechimlarni tavsiya qiladi.

Hozirda Toshkentda ushbu xizmat narxi 200$ ni tashkil qiladi, ammo shu oy davomida biz bu xizmatni BEPUL taqdim etmoqdamiz!

Hozir ariza qoldiring, biz siz bilan kun ichida bog'lanamiz

Portfolio
Bizning ishlarimiz

Biz amalga oshirgan har bir loyihamiz bilan faxrlanamiz.
Europol’da biz shunchaki pol qoplamalarini yaratmaymiz — biz har bir xonada qulaylik, shinamlik va uslub muhitini yaratamiz.

Mutaxassislarimiz interyer xarakterini ta’kidlash uchun ideal materiallar, ranglar va teksturalarni tanlashda yordam beradi.

Xususiy kvartiralardan tortib yirik tijorat obyektlarigacha — har bir loyihada biz har bir detalga alohida e’tibor qaratamiz.

18 yil
ishonch

1000+
turdagi pol qoplamalari
mavjud

IMU 3105 12*190*1380IMU 3105 12*190*1380